Qarshi shahridagi 23-maktab direktori o‘qituvchilarga o‘quvchilar formasi uchun pul yig‘ishga ko‘rsatma berdi. “Nimchasi bo‘lmasa, darvozadan chiqarib yuboraman, menga formasiz o‘quvchi kerak emas”, — dedi u. Maktab ta’limi boshqarmasi direktor jarimaga tortilgani va bunday holatni keskin qoralashini bildirdi.
Chortoq tumanidagi 8-maktab direktori xizmat xonasida sheriklari bilan qimor o‘ynagani aniqlandi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganini bildirdi.
Surxondaryo hokimi bilan mojarodan so‘ng omma e’tiboriga tushgan Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova o‘qituvchilardan birining turmush o‘rtog‘i tomonidan ayovsiz kaltaklandi. Viloyat hokimi jabrlanuvchining oldiga borib, vaziyatni nazoratga olganini bildirdi.
Surxondaryo hokimi va maktab direktori janjali tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Huquqshunos va ekspertlar “hokim pedagogni ishdan olishga haqqi yo‘q”, “hokimlarni ta’limga umuman yaqinlashtirmaslik kerak” demoqda. “Hokim qamab, vazir ozod qilsa, sudning nima keragi bor?” degan savol ham berildi.
Qorako‘l tumanidagi maktablardan birining direktori 900 ming so‘m pora bilan ushlangani aytilmoqda. U bu pulni fuqarolarni farrosh va qorovul lavozimiga ishga qabul qilgani evaziga olayotganda qo‘lga tushgan.
Navbahor tumanidagi 9-maktab direktori o‘qituvchilarni Open budget`ga 100 tadan ovoz yig‘ishga majburlagani aytilgan ovozli xabar tarqaldi. Unga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanib, xatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yo‘qligi o‘rganilmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti davlat va munitsipal maktablari direktorlarini tanlov asosida ishga qabul qilishni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Maktab direktorlari 5 yil muddatga tayinlanadi, shundan so‘ng ular yana raqobatlashishi kerak bo‘ladi.
Deputat Rasul Kusherbayev bitiruvchilari OTMga kira olmagan maktab direktorlarining ishdan olinishini «demagogiya va boshqaruvga noqobil odamlarni qo‘yadigan talabi» deya tariflagan edi. Xalq ta’limi vaziri «oxirgi 2 yilda faqat OTMga kirganlar bo‘yicha ob’ektiv ma’lumot bo‘lgani» sababli bunday yo‘l tutilganini ta’kidladi. Sherzod Shermatov masalani tushuntirish uchun deputat bilan bog‘lana olmaganini ma’lum qildi. «Qadriyatlarimiz va tanlovimiz ikki xil ekan», — dedi u.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 7-sonli maktab direktori B.S. maktab balansida bo‘lgan yaroqsiz qozonxona binosini firibgarlik yo‘li bilan 6000 dollarga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Prezident maktablarda o‘quv yuklamasi va darslar sonini qayta ko‘rib chiqish, o‘quvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini ta’kidladi. Endilikda maktab direktorlarini lavozimga tayinlash bevosita mahalliy kengashlar bilan kelishilgan holda, tanlov asosida amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting